"Barselona" qiziqayotgan futbolchi jamoasidan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana klub rahbariyatiga yozda jamoani tark etishni istayotganini aytdi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
"Men "Ayaks" futbolchisi bo'lganimdan juda xursandman va klubdan juda minnatdorman. Bu erda besh yilni yaxshi o'tkazdim, ammo keyingi bosqichga o'tish vaqti keldi. O'tgan yili buni tushundim. Nima bo'lishini bilmayman, lekin men nima istayotganimni aniq tushunaman", — dedi Onanan.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" va "Barselona" 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
"Ayaks" tarkibida Onana Gollandiya chempioni bo'ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini yutdi, shuningdek Evropa Ligasi va Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib bordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!