«PSJ» va «Jordan» o'rtasidagi kelishuv uzaytiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353
«PSJ» klubi kamida 2022 yilga qadar «Jordan» brendi ostidagi formalardan foydalanishda davom etadi.
Parijliklar 2018 yilda ushbu brend bilan dastlab 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashgan edi. Endi esa ushbu kelishuv yana bir yilga uzaytiriladi. Shartnomaning detallariga oydinlik kiritilmadi.
«Jordan» — afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan uchun "Nike" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan brend hisoblanadi. «PSJ» o'zining texnik homiysi "Nike" bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!