«MYu» koronavirus tufayli Pogbaning transferidan ancha yo'qotadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
«Manchester Yunayted» klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yarim himoyachi Pol Pogbani o'zi mo'ljal qilganidan ikki baravar arzonga sotishga majbur bo'ladi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, bir yil mankunianliklar frantsiyalik futbolchiga 200 mln evro narx qo'yishgan edi. Ammo iqtisodiy inqiroz tufayli endi bu narxning yarmini olishsa ham katta gap.
Avvalroq Pogbaga «Real» va «Pari Sen-Jermen» klublari qiziqish bildirgan edi. Bundan tashqari, «Yuventus» ham uni ortga qaytarishni istamoqda.
27 yoshli futbolchining «Yunayted» bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!