Bechora Dibala! U hech koronavirusdan qutula olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala topshirgan navbatdagi test musbat natija berdi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi so'nggi 6 hafta davomida to'rtinchi marta test topshirdi. Tekshiruv har safar uning organizmida infektsiya borligini ko'rsatmoqda. Mart oyida koronavirusga chalingan o'yinchi hamon undan qutula olmayapti.
Endi Dibala chuqurlashtirilgan davolash kursini o'taydi. «Yuventus» futbolchilari esa may oyi boshida mashg'ulotga kirishishlari kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175