FIFA bosh shifokori: «Mavsumni qayta boshlash kerak emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

FIFA tibbiyot qo'mitasi boshlig'i Mishel D'Xog yozda milliy chempionatlar va evrokuboklarni boshlamasdan, keyingi mavsum haqida o'ylash kerakligini aytdi.
«Men musobaqalar tashkilotchisi sifatida emas, shifokor sifatida gapiraman. Mavsumni qayta boshlash kerak emas. Yaxshisi keyingi mavsumga tayyorgarlik haqida o'ylang.
Futbolda ijtimoiy masofalanishni saqlashning imkoni yo'q. Bu esa uchrashuvlarni o'tkazishning imkoniyati yo'qligini anglatadi. Muxlis sifatida bundan afsusdaman, ammo vaziyat shunday», - dedi D'Xog.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Frantsiya chempionati muddatidan avval yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191