UEFA EChLni yakunlashning kutilmagan variantini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

Frantsiya hukumati sentyabr oyigacha futbol uchrashuvlarini o'tkazishni taqiqlash haqidagi qaror qabul qilganidan keyin UEFA yana bir muammoga to'qnash keldi.
"Pari Sen-Jermen" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Lion" nimchorak finalning dastlabki o'yinida "Yuventus"ni mag'lub etdi. Sentyabrgacha Frantsiyada o'yin o'tkazishning imkoni qolmagani bois, tashkilot Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi o'yinlarini neytral maydonda o'tkazish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda "The Guardian" xabar tarqatdi.
Tabiiyki, betaraf maydonda ham bahslar tomoshabinlarsiz o'tkaziladi. UEFA evrokuboklarni yakunlash formati haqidagi qarorni e'lon qilishga shoshilmayapti. Tashkilot may oyi oxirigacha vaziyatni o'rganishda davom etadi.
Ma'lumot o'rnida. Evropa chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqan 4ta jamoaning nomi ma'lum. Ular – "Atalanta", "RB Leyptsig", "Atletiko" va "PSJ".

Bosh sahifaga
178