«O'lmas iqtiboslar»: Xosep Gvardiola
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

E'tiboringizga "O'LMAS IQTIBOSLAR" loyihasining navbatdagi sonini taqdim etamiz. Bu safar siz zamoonamizning eng kuchli murabbiylaridan biri, hozirda "Manchester Siti"da ishlayotgan Xosep Gvardiola tomonidan aytilgan iqtiboslarni o'qishingiz mumkin.
"Men oddiy murabbiyman, Garri Poter emas. Maydonda murabbiylar emas to'p o'ynaladi" "Oddiy ishlarni yaxshi bajarish kerak – bu g'alabani kafolatlaydi" "Finalda yutqazib, duyoning eng yaxshi jamoasi bo'lib qolishingiz mumkin. Ammo, siz uni yutibgina abadiylikning bir qismiga aylanishingiz mumkin" "Mening falsafam oddiy: to'p yo'q bo'lsa, pas yo'q; pas yo'q bo'lsa, nazorat yo'q; nazorat yo'q bo'lsa, futbol yo'q. Uchayotgan to'pdan tez yugurish ilojsiz" “Sport – bu aql kurashidir. G'alabalar ishonchni keltirib chiqaradi, ishonch esa barqarorlik olib keladi" "Hamma meni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb ataydi. Yozib oling! Men bunday deb o'ylamayman" "Menga 5:0 yoki 6:0 ko'rinishidagi hisoblar yoqmaydi. Ular hech narsani o'rgatishmaydi" "Messi – bu "Barselona". "Barselona" – bu Messi" "Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonni aytishim kerakmi? Oson: Manuel Noyer" "Ha, tan olaman Joze juda kuchli. Ammo u doim menga nisbatan provokatsiya tarqatadi. Men esa unga javob berish uchun birorta sabab ko'rmayman. Nima uchun endi men qo'pol bo'lishim kerak?" "Men hakamlar ishiga baho bermayman. Bu befoyda. Hakamlar – eng oddiy odamlar. Shuning uchun ular xato qilishga moyil" "Men "Barselona"ga qaytmayman. Bu printsipial masaladir. Men "Kamp Nou"dagi davrimni tugatganman" "Andres Inesta — yoshlar uchun haqiqiy namunadir. U yuqori darajadagi futbolchi. Buning uchun unga tatuirovka ham, sochlarini bo'yashi ham shart emas" "Messi – farishta yuzli yirtqich" "Biz ikki fenomen asrida yashadik va yashayapmiz" – Messi va Ronaldu haqida. Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185