«Lion» prezidenti Liga 1ni pley-off formatida yakunlashni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

«Lion» prezidenti Jan-Mishel Olas Frantsiya chempionatini pley-off formatida yakunlab qo'yishni taklif qildi.
«Rejaga ko'ra, 11 may kuni mashg'ulotni boshlab, 15 iyun kuni mavsumni qayta davom ettirishimiz va 3 avgust yakunlashimiz kerak. Afsuski, mavsum muddatidan oldin yakunlandi.
Men UEFAning bayonotini diqqat bilan o'qib chiqdim. Tashkilot hech bo'lmasa mavsumni qisqartirilgan formatda yakunlashni maslahat bergan.
Chempionatni o'tkazish uchun zaxira variant mavjud: jadvalning yuqorgi va pastki qismi uchun pley-off seriyasini o'tkazish. Bu iyul yoki avgust oyida tomoshabinlarsiz o'tkazilishi mumkin. Shoshilmaslik kerak edi. Ushbu g'oyani amalga oshirish mumkin», – dedi Olas.
«Lion» ushbu mavsumda jadvalning 7-pog'onasini egallab turgan edi.

Bosh sahifaga
187