So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zPFL karantin vaqtida nima qildi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235
Karantin e'lon qilinishidan uch kun oldin bizning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorligimiz rasmiy maqomga ko'chgandi. Bu hamkorlik doirasida Loyiha ofisi tashkil etilgan bo'lib, unda hozircha 7 kishi faoliyat olib boradi. Shularning 4 nafari futbol sohasidan va yana 3 kishi agentlikdan.
Agentlik bilan hamkorlik davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan 13 futbol klubini bosqichma-bosqich xususiylashtirish ishlarini qamrab oladi. Karantin davomida bu ish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 13 futbol klubi bosh direktorlari bilan doimiy aloqada bo'lib turilibdi. Biroq masofadan ishlash baribir noqulayliklar tug'diradi. Karantin yakunlangach, bu borada qilinadigan ishlar hali ko'p.
Superliga starti borasida nega jimjitlik?
Evropa chempionatlari qachon boshlanishi va qanday o'tkazilishi yuzasidan million xil xabarlar chiqdi. Xususan, o'zim ham Futbol-TV studiyasida bu kabi xabarlarni hamkasblarim bilan ko'p muhokama qildim. Aytishim kerakki, o'sha tahminlar tahminligicha qolib ketdi. Chunki karantin qachon yakuniga etishi faqatgina Yaratganning o'ziga ayon.
G'arbda har bir kun katta pul. Teletranslyatsiyalar katta pulga sotib qo'yilgan, homiylar milliardlar ajratgan, tanaffus futbol klublarini inqirozga yaqinlashtiryapti. Shunday ekan, kuniga millionlab xabarlar bolalashi turgan gap. Bizda esa vaziyat biroz boshqacharoq. Aytaylik, O'zPFL chempionat 1 may sanasidan start olsa, taqvim qanday bo'lishi haqida allaqachon reja ishlab chiqqandi. Biroq endi ma'lumki, 1 may start kuni bo'lmasligi aniq. Shu va shu kabi oxiri yo'q savollar ustiga qurilgan tahminlarni chiqarmadik. Sababi bitta — chempionat starti O'zPFLga bog'liq emas. Buning uchun hukumatning rasmiy ruxsati kerak, usiz biz hech narsa qilolmaymiz ham, aytolmaymiz ham.
Rejamiz bormi?
Karlo Anchelotti futbolchilar o'z formalarini haminqadar tiklab olishlari uchun ikki hafta muddat etarli ekanini aytdi. Keyinroq Vadim Abramov jarohatlar ko'payib ketmasligi uchun ham o'sha ikki hafta kerakligini tushuntirdi. O'zPFL albatta mutaxassislar fikrini inobatga oladi. Shundan kelib chiqib, biz 8 kun avval hukumatga o'z taklifimizni berdik. Ya'ni, mashg'ulotlarni yopiq holatda boshlashga ruxsat berilishi to'g'risida.
Bu qanday bo'ladi? Xuddi terma jamoa yirik turnirga tayyorgarlik ko'rayotgani kabi, har bir klub o'z bazasiga “qamal qilinadi”. Bunda sanitariya talablariga to'la rioya etiladi. Futbolchilar bazadan tashqariga chiqmaydi va faqat mashg'ulotlarni davom ettiradi. Oshpazlar, farroshlar, shifokor, massajist, murabbiylar va jamoa barchasi shu bazada ma'lum muddat istiqomat qiladi. Bu holat bizga vaqtdan yutish imkonini beradi. Ya'ni, karantin yakunlansa, futbolchilar o'z formasini ancha tiklab ulgurgan bo'ladi.
Karantindan so'ng uchrashuvlar ma'lum muddat muxlislarsiz o'tkaziladi. Faqat bitta shart bilan — uchrashuvlarning barchasi albatta jonli namoyish etilishi kerak. Bu birinchi navbatda O'zPFL hamda klublar tomonidan imzolangan homiylik shartnomalari shartlarini himoya qiladi, ikkinchi navbatda muxlislar uchrashuvlarni bevosita ko'ra olish imkoniga ega bo'ladi va tabiiyki, shaffoflik yuzaga chiqadi. Uchinchi tomondan esa Evropaning bir qator chempionatlarida tanaffus ekani kutilmaganda katta e'tiborning O'zbekistonga qaratilishiga turtki bo'lishi mumkin.
Diyor Imomxo'jaev.
Manba: Diyor Imomxo'jaev telegram kanali