«Atletiko» «PSJ» hujumchisiga uch yillik shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Edinson Kavani shu yilning yozida Madridning «Atletiko» klubiga yo'l olishi mumkin.
33 yoshli urugvaylik hujumchining "PSJ" bilan shartnomasi shu yilning iyul oyida o'z yakuniga etadi, biroq, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida murosa qila olmadilar, shu sababli, Kavani o'ziga yangi jamoa izlashga tushdi.
Qayd etilishicha, «matraschilar» Kavaniga uch yillik shartnoma taklif qilishdi. Urugvaylik hujumchi shu yilning yozida jamoadan ketishi kutilayotgan Diego Kostaning o'rnini egallashi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224