Ferdinand Jon Terri bilan yarashmaganmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hozirgacha 2011 yili uning ukasini haqorat qilgan Londonning "Chelsi" klubi sobiq himoyachisi Jon Terrini kechirmaganini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, Terri Less Ferdinandni irqiy ruhda haqorat qilgandi.
— O'sha nizodan keyin men Terri bilan yarashmadim. Agar o'sha paytga qaytib kelishni imkoni bo'lganida aniq gapirgan bo'lardim. Bizga bu voqea haqida gapirmaslikni har tomondan maslahat berishdi. Yuristlar, klub vakillari, liga mutasaddilari ushbu hodisa bo'yicha izoh bermasligimizni aytishdi.
Ukam va men bu maslahatlarni toza qalb bilan qabul qildik. Biz professionallarcha qoldik. O'sha paytda yuragimiz toza edi. Yuragingiz toza bo'lsa, siz haqingizda salbiy gapirishlariga imkon bermaysiz. Biz bundan aziyat chekdik, xolos, — dedi Rio Ferdinand.

Bosh sahifaga
239