La Liga prezidenti muddatdan oldin yakunlangan Frantsiya chempionati haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
La Liga Prezidenti Xaver Tebas muddatdan oldin yakunlangan Frantsiya chempionati haqida fikr bildirdi.
"La Liga qoidalariga amal qilib, bo'sh tribunalardan o'ynashdan ko'ra, fabrika ishlash xavfliroq. Nazorat qilinadigan va xavfsiz iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash uchun muhimdir, aks holda, umuman yo'q bo'lib ketishi mumkin bo'lgan jiddiy iqtisodiyot tarmoqlariga zarba berilishi mumkin. O'z rejalaringizni taqdim qilish uchun UEFA ijroqo'mining 27 may kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishigacha hal vaqt bor. Iyun oyining oxirigacha chempionatni qayta tiklash mumkin. Fikrimcha, Frantsiya shoshilinch qaror qabul qildi. Evropada o'ynashni istayotgan Ispaniyadan tashqari boshqa davlatlar ham bor. Ular allaqachon faoliyatini qayta tiklashmoqda. Masalan, Germaniya", — Tebasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya bosh vaziri koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatdagi barcha yirik sport musobaqlarini, shu jumladan mamlakat milliy birinchiligini ham muddatdan oldin yakunlanganini ma'lum qildi.