Frantsiyada evrokuboklar uchun yo'llanmalarni taqsimlashning 3ta variantini ko'rib chiqilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Frantsiya chempionatining ushbu mavsumi hukumat qarori bilan muddatidan oldin yakunlandi. Endi Liga 1 evrokuboklarning kelgusi mavsumi uchun o'rinlar qanday taqsimlanishi ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya chempionatida 2ta klubdan tashqari barcha jamoalar 28tadan o'yin o'tkazishgan. "PSJ" va "Strasbur" klublari 27tadan o'yinda ishtirok etishgan edi.
Birinchi variant:
Bitta o'yinda qo'lga kiritilgan o'rtacha ochkolar hisoblanadi. Bunday holatda dastlabki 6ta o'rinni "PSJ", "Marsel", "Renn", "Lill", "Reyms" va "Nitstsa".
Ligani tark etadi: "Nim", "Amen" va "Tuluza".
Ikkinchi variant:
28-tur natijalari chiqarib tashlanib, 27-turdan keyin holat inobatga olinadi. Bunda dastlabki 6ta pog'onani "PSJ", "Marsel", "Renn", "Lill", "Lion" va "Monpele" klublari egallashadi.
Ligani esa "Nim", "Amen" va "Tuluza" klublari tark etishadi.
Uchinchi variant:
Birinchi davradan keyin (19-turdan so'ng) musobaqa jadvali hisobga olinadi. Bunday holatda "PSJ", "Marsel", "Renn", "Lill", "Nant" va "Reyms" klublari dastlabki 6ta o'rinni egallagani uchun keyingi mavsumlarda evrokuboklarda ishtirok etishadi.
"Nim", "Amen" va "Tuluza" turnirni tark etishadi.

Bosh sahifaga
178