«Arsenal» afsonasi koronavirusga chalinganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277

Germaniya terma jamoasi va «Arsenal» klubining afsonaviy posboni Yens Lemann koronavirusga chalindi. Bu haqda sobiq futbolchining o'zi "Bild" nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Ha, mart oyining o'rtalarida kasal bo'ldim. Meni yo'tal va engil qaltirash bezovta qildi. Ikki haftadan keyin sog'ayganimni ma'lum qilishdi.
Koronavirusni grippga nisbatan ancha oson engib o'tdim. Men insonlarni ehtiyot bo'lishga chorlab qolaman.
Shuni tushunib etdimki, sog'lom turmush tarziga amal qiladigan insonlar sog'liqni yo'qotmaydi", - dedi Leman.
Yens Lemann 2003-2008 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilib, Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida Bundesligi g'olibligi ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244