APL mavsumni davom ettirish masalasini 1 may kuni muhokama qilishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252

Angliya premer-ligasi klublari 1 may, juma kuni videokonferentsiya orqali mavsumni qayta boshlash masalasini muhokama qilishadi.
Buyuk Britaniya sport vaziri Oliver Dauden iyun oyida chempionatni davom ettirish masalasida klublar bilan ishlayotganini ma'lum qildi.
«Shaxsan o'zim futbol ommasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Premer-liga bilan mavsumni tezroq qayta davom ettirish masalasida gaplashdim. Lekin, albatta, har qanday xatti-harakat sog'liqni saqlash xizmati tavsiyalariga monand bo'lishi kerak», — deya Daudenning so'zlaridan iqtibos keltirdi manba.
Mavsumni iyul oyi oxiriga qadar muvaffaqiyatli tugatib olish uchun, u 8 iyun kuni qayta boshlanishi kerak. Buning uchun esa klublar 18 maydan kechikmasdan mashg'ulotlarga kirishishi kerak. «Arsenal», «Everton» va «Vest Xem» klublariga esa seshanba kunidan o'z bazalariga qaytishlari ruxsat berildi.

Bosh sahifaga
168