"Real Madrid" 18 yoshli futbolchiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303
"Penyarolya" yarim himoyachisi Fakundo Pelistri faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" skauti Xuni Kalafat 18 yoshli urugvaylik futbolchini uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda. Xuni "Real"ga Vinisius va Rodrigo kabi iqtidorlarni topib bergan.
Eslatib o'tamiz, 2016 yil "Real" "Penyarolya" klubidan havbek Federiko Valverdeni sotib olgan edi.
Manba: Goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!