Ronaldudan Blattergacha: Dunyo futbolida eng ko'p nafratga duchor bo'lganlar o'ntaligi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583

FourFourTwo nashri dunyo futbolida eng ko'p nafratlanadiganlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Qayd etish kerakki, "kuchli o'nlik"dan Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ham joy oldi.
10. Jon Terri. "Chelsi" klubining sobiq sardonini "Manchester Yunayter" klubiga qarshi EChL doirasida penaltini noaniq amalga oshirgani va sobiq jamoadoshi Ueyn Bridjning turmush o'rtog'iga "ko'z olaytirgani" uchun yoqtirishmaydi.
9. Pit Vinkelman. "Milton Keynes Dons" klubning sobiq prezidenti futbol haqida hech narsani tushunmasligini aytgani sabab, muxlislarning nafratiga duchor bo'lgan.
8. El-Xadji Diuf. "Liverpul" klubining sobiq hujumchisi jamoa muxlislariga tupurgan, shuningdek, Stiven Jerrard va Jeymi Karragerlar bilan kelisha olmay qolganligi sababli, uni yoqtirishmaydi.
7. Luchano Modji. "Yuventus" klubining sobiq prezidenti jamoaning ikkita chempionligidan mahrum qilgan va B Seriyaga yo'l olishiga "katta hissa" qo'shgan.
6. Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik yulduzni millatchilik qilishi sababli yoqtirishmaydi.
5. Richard Kiz. Ushbu sport jurnalistli ko'proq ishqiy munosabatlar haqida maqola yozgani sabab, muxlislar nafratiga duchor bo'lgan.
4. Mishel Platini. UEFA sobiq prezizidenti pora olayotganda qo'lga tushgan va uzoq muddatga futboldan chetlatilgan.
3. Xarald Shumaxer. Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni 1982 yilgi Jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasiga jiddiy jarohat etkazgangan va keyin intervyusida raqibining singan tishlarini to'lab berishini taklif qilgan.
2. Joze Mourinyu. Portugaliyalik mutaxassis "Chelsi" klubi sobiq shifokori Evoy Karneyru bilan yuzaga kelgan nizo, kelajagi porloq futbolchilarni yo'q qilib yuborishi va himoyaviy futbol namoyish etishi sabab, ko'pchilining qahriga uchragan.
1. Zepp Blatter. Futboldan butunlay chetlashtirilgan FIFAning sobiq prezidenti.

Bosh sahifaga
260