"Manchester Siti" darvozaboni sobiq klubiga qaytmoqchimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozaboni Ederson Moraes sobiq klubi "Benfika"ga qaytish niyatida ekanligini yashirmadi.
"Yaxshi o'g'il hamisha o'z uyiga qaytadi. "Benfika"ga qaytishni xohlardim. Ammo, bu ishni yomon o'ynaganimda yoki faoliyatimning so'nggida amalga oshirish niyatida emasman. Men Braziliyada hech qanday klubga muxlislik qilmaganman, shuning uchun men hamisha "Benfika" klubi muxlisi bo'lib qolaman, - Edersonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola.
Ederson "Benfika" tarkibida 2015 yildan 2017 yilgacha o'ynagan, keyin esa 40 million evro evaziga "Manchester Siti" klubiga yo'l olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260