"Barselona" futbolchisi APLga yo'l olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

Angliyaning "Everton" klubi yaqin vaqtlar ichida "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todiboni sotib olishi mumkin deya xabar bermoqda Sport.es sayti.
Manbaning yozishicha, "Everton" klubi futbolchini 20 million evro evaziga sotib olib yuzasidan "Barselona" bilan kelishuvga erishdi. Bundan tashqari, "Barselona" futbolchini keyinchalik qaytarib sotib olish huquqini o'zida saqlab qolmoqchi. Lekin, bu variant Angliya klubini qoniqtirmayapti.
Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvar oyida "Tuluza" klubidan bir million evro evaziga ko'chib o'tgandi. 2020 yilning yanvar oyida esa Germaniyaning "Shalke" klubiga ijaraga berib yuborilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196