"PSJ" futbolchisi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290
Daily Telegraph portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Toma Mene faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli belgiyalik futbolchi shu yilning yozida parijliklar tarkibini erkin agent sifatida tark etishga qaror qildi, shu sababli, unga «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Qayd etilishicha, Mene A Seriya va APL klublaridan tushadigan takliflarga rad javob berishini ma'lum qilgan. Futbolchi faqatgina Germaniya chempionatida to'p surmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!