Rossiya chempionati muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Unda nima bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

Rossiya Futbol Ittifoqi bosh kotibi Aleksandr Alaev koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan mavsum bilan bog'liq 2ta variantni aytdi.
"Agar hukumat idoralari qaroriga ko'ra mavsumni davom ettirish imkoni bo'lmasa, chempion va sovrindorlar nomi hozirgi jadval bo'yicha aniqlanadi: «Zenit» - chempion, «Lokomotiv» - ikkinchi, «Krasnodar» - uchinchi.
Quyi ligaga hech kim tushib ketmaydi. Kelasi mavsumda esa Premer-Ligada 18ta jamoa ishtirok etadi. Agar quyi ligada peshqadamlik qilayotgan "Rotor" va "Ximki" litsenziyalashdan o'tsa, Premer-Ligaga qo'shiladi.
Kelasi mavsumda taqvim tig'izligi tufayli, Rossiya Kubogidan voz kechamiz. Kubok sohibiga beriladigan Evropa Ligasi yo'llanmasini chempionatdagi to'rtinchi jamoa oladi. Yakuniy qaror RFI ijroqo'mida qabul qilinadi", – deydi Alaev.

Bosh sahifaga
267