La liga prezidenti: «Dekabrgacha tomoshabinlarsiz o'ynaymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231
La liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya futbol mavsumining taqdiri borasida navbatdagi bayonotni berdi.
«La ligada mavsumni muddatidan oldin bekor qilish stsenariysini ko'rib chiqmayapmiz. Ertami yoki kechmi birinchi va ikkinchi divizionni muvaffaqiyatli yakuniga etkazamiz. Biz mana shunga e'tiborni qaratganmiz».
«Katta ehtimol bilan dekabr oyigacha muxlislarsiz o'ynashimizga to'g'ri keladi. Biz musobaqalarni bloklarga bo'lamiz. Dastlab milliy chempionat, so'ngra Chempionlar ligasi va Evropa ligasi.
«Mavsum bekor qilinsa, La ligada jamoalar soni kengaymaydi, ammo pastki ligaga tushib ketish ro'y beradi. Shunga qaramay, ishonchim komil, ushbu mavsumni oxiriga etkazamiz».
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!