De Ligt uchun kurashga APL grandi ham qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

"Manchester Yunayted" Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Matteys de Ligt uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda ESPN nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yozgi transfer vaqtida markaziy himoyachi xarid qilmoqchi. "MYu" De Ligtdan tashqari "Napoli" himoyachisi Kulibaliga ham qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Yuve" De Ligtni "Barselona" yarim himoyachisi Artur Meloga almashtirish to'g'risida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239