Veratti: "PSJda hech kim faqat pul uchun o'ynamaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
PSJning italiyalik yarim himoyachisi Marko Veratti nima uchun parijliklarga o'tgani va klubda hech kim faqat pul uchun o'ynamasligini aytdi.
"Ko'pchilik mendan PSJ prezidenti bilan gaplashishimni so'rashadi. Kimdir esa bu erda hammamiz faqat pul uchun o'ynayotganligimizni aytishadi, ammo unday emas. Pul uchun Xitoyda o'ynashadi.
Agar PSJga o'tsang, EChLni yutishni istaysan. PSJ bilan chempionlar ligasini yutish boshqa klublarga qaraganda muhimroq", -deydi futbolchi CulturePSG nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Verratti 2012 yildan buyon PSJ safida to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!