Daviya Evro-2020 o'yinlarini o'tkazishdan bosh tortishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
Daniya futbol ittifoqi prezidenti Yesper Meller 2021 yili bo'lib o'tadigan Evropa chempionati o'yinlari bekor qilinishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Evropa chempionati o'yinlarini o'tkazish vaqti «Tur de Frans» musobaqasi bilan bir xil paytga to'g'ri kelib qolyapti. Velopoyganing dastlabki uch bosqichi Daniyada bo'lib o'tadi.
«Evropa chempionatining Kopengagenda o'tkazilishi 50 ga 50. Biz uni o'tkazishga tayyormiz, ammo biz buni hamkorlarimizning yordamisiz qila olmaymiz», - Mellerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Yakuniy qaror 30 aprelga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!