"Real Madrid" Marselo borasida bir nechta klublardan taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda AS nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” braziliyalik himoyachi borasida bir nechta klublardan takliflar olgan. Hozircha aniq qaysi klublar ekanligi ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Marselo xizmatiga “Yuventus” va PSJ klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining o'zi esa shartnomasining so'nggiga qadar madridliklar safida qolmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!