Yana bir chempionat muddatidan oldin yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227
Futbol bo'yicha Meksika chempionatining 2019/2020 yilga mavsumi muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi. Meksikaning barcha ligalari ham bekor qilinadi.
Ijroqo'm va favqulodda vaziyatlar qo'mitalarining yig'ilishida keyingi 6 yil davomida jamoalar pastki ligaga tushib ketmaydi, pastdan yuqori divizionga ko'tarilmasligi borasida qaror qabul qilindi.
Meksika chempionatida faqat 10ta tur o'yinlari o'tkazildi. «Krus Asul» klubi 22 ochko bilan dastlabki o'rinni egallab turibdi. Jamoa «Leon»dan 1 ochko oldinda bormoqda. Uchinchi o'rindagi «Santos Laguna» hisobida 17 ochko bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!