Frantsiya chempionatining qayta boshlanish stsenariysi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

Koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan Frantsiya chempionati ikkita Kubok finali bilan qayta boshlanishi mumkin.
Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre so'zlariga ko'ra, «PSJ» va «Sent-Eten» o'rtasidagi Frantsiya kubogi bahsi 13 yoki 20 iyun kuni o'tkazilishi mumkin. Oradan 3 kun o'tib esa Frantsiya liga kubogi doirasidagi «PSJ» — «Lion» uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
«Hali chempionatning davom ettirilish sanasiga oydinlik kiritilishi kerak. Ammo biz taqvimga biroz o'zgartirish kiritib, dastlab Kubok finallarini o'tkazishimiz kerak. Chempionatning qayta boshlashning kaliti hukumatning qo'lida. Klublar esa mavsumni oxiriga etkazib qo'yishga chog'langan. Bu biz uchun muhim ahamiyatga ega», — dedi Le Gre.

Bosh sahifaga
310