“Manchester Siti” sobiq futbolchisi faoliyatini Hindiston chempionatida davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260
VoetbalNiews.be saytining tarqatgan xabariga ko'ra, “Anderlext” frantsiyalik yarim himoyachi Samir Nasri bilan shartnomani bekor qiladi. Avvalroq, futbolchi klubni ogohlantirmasdan Belgiyani tark etganligi haqida xabar bergan edik. Qolaversa, futbolchi uchun mavsum omadsiz o'tdi. Nasri 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Manbaning xabariga ko'ra, Nasri faoliyatini Hindistonning “Kerala Blasters” jamoasida davom ettiradi. Futbolchi hind klubi bilan kelishuvga erishgan
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli havbek 2011/17 yillari “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!