Polsha hukumati milliy chempionatni boshlashga ruxsat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

Polsha chempionati 29 may kuni qayta boshlanadigan bo'ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshavada o'tkazilgan matbuot-anjumanida xabar berdi.
O'yinchilar 4 may sanasidan mashg'ulotlarini boshlashlari mumkin. Dastlab jamoalar olti kishilik kichik guruhlarga bo'lingan holda mashqlarni boshlashadi, keyinchalik ularga to'laqonli mashg'ulotni boshlashga ruxsat beriladi.
29-31 may kunlari 27-tur o'yinlari o'tkaziladi. Uchrashuvlarga tomoshabinlar kiritilmaydi. Mavsum 18-19 iyul kuni yakunlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga jamoalar a'zolari doimiy ravishda testdan o'tkazib turiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398