«AZ Alkmaar» o'z noroziligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

«AZ Alkmaar» klubi Niderlandiya chempionati muddatidan oldin bekor qilingani yuzasidan bayonot berdi. Klub Evropa chempionlar ligasi taqsimoti yuzasidan o'z noroziligini bildirdi. Eslatib o'tamiz, Niderlandiya futbol federatsiyasi qaroriga ko'ra, jadvalda 2-o'rinni egallab turgan "AZ" EChLning ikkinchi bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi.
«Bir necha hafta davomida hozir biz tushib qolgan vaziyatdan chiqib ketish uchun bir nechta stsenariylarni ishlab chiqdik. Ammo bizning takliflarimiz javobsiz qoldi. Biz Chempionlar ligasi yo'llanmasi taqsimotiga rozi emasmiz. Ushbu qarordan hafsalamiz pir bo'ldi», – deya «AZ» bosh direktori Robert Eynxornning so'zlaridan iqtibos keltirdi klub rasmiy sayti.
Mamlakat futbol federatsiyasi qaroriga ko'ra, Chempionlar ligasining keyingi mavsumida «Ayaks» pley-off bosqichida, "AZ Alkmaar" esa saralashning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Chempionat to'xtatilgan paytda «Ayaks» va "AZ Alkmaar" klublari 56 ochko bilan peshqadamlik qilishayotgan edi. Amstrdamliklar qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha 1-o'rinni egallab turishgan edi.

Bosh sahifaga
489