"Latsio" "Barselona" qiziqayotgan hujumchini xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268
“Latsio” keyingi mavsum oldidan hujumchi chizig'ini kuchaytiradi. “Burgutlar” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Xoakin Korrea o'rniga futbolchi izlashni boshlab yuborishgan. Korrea xizmatiga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, “Latsio” Argentinaning “San Lorentso” klubi hujumchisi Adolfo Gaychga qiziqib qoldi. Rimliklar 21 yoshli hujumchi uchun 10 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Gaych joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishgan. Futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!