La liga rahbari: «Barselona» yozda Neymar va Lautaroni qo'lga kirita olmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347
La Liga prezidenti Xaver Tebas hujumchilar Neymar va Lautaro Martines yozgi transfer paytida «Barselona»ga o'tmasligiga ishonchi komil ekanini aytdi.
«Barselona» bu futbolchilarni qo'lga kiritish uchun muzokara olib borayotgani rost emas. Ular o'z e'tiborlarini chempionatni davom ettirishga qaratishgan, yangi futbolchilarni sotib olishga emas.
Yaqin kelajakda ko'p almashinuvlar yuz beradi, lekin transferlar jamoalarning asosiy maqsadiga aylanmaydi. Barcha to'xtab qoldi. Na Neymar, na Lautaro xarid qilinadi. Klub ayni paytda bu futbolchilarni sotib olish imkoniyatiga ega emas», — dedi Tebas "AS" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!