"Barselona" o'z futbolchisi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa himoyachisi Nelson Semedu bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatib qo'ydi deya xabar bermoqda Sport.es sayti.
Manbaning yozishiga qaraganda, "Barselona" klubi rahbariyati 26 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendeshga yangi shartnoma borasidagi muzokaralar keyinroqqa qoldirilgani va futbolchining transfer narxini 45 million evro etib belgilagani haqida xabar bergan.
Aytilishicha, "ko'k-anorranglilar" Semeduni sotib yuborishi yoki "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi N’Dombelga almashtirib yuborishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!