Belarus chempionati. “Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

Belarus chempionatining 6-turidan o'rin olgan “Neman” va “Energetik-BGU” o'rtasidagi o'yin nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Uchrashuvni Yaxshiboev asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, yana bir hamyurtimiz Umarov odatdagidek zaxirada qoldirildi.
O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda maydon egalari naqd 3ta gol urishga erishdi. “Talabalar” safida ham bir necha marta hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlar bo'ldi, biroq ulardan omad yuz o'girdi.
Neman – Energetik-BGU 3:0
Gol: Kadimyan (66), Zabelin (72), Zabelin (82).
Neman – Dudar, Vasilev, Slabashevich (Leshko, 66), Stoykovich, Kantariya, Yakimov, Legchilin, Kadimyan, Zabelin, Yatskevich (Marushich, 46), Rassadkin.
Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchits (Girs, 66), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboev, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 59).
Ogohlantirish: Musaxanyan (22), Tve (29), Slabashevich (35), Atemeng (54).

Bosh sahifaga
220