Niderlandiya klubi mamlakat futbol federatsiyasini sudga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207
Niderlandiyaning "Utrext" klubi mamlakat Qirollik Futbol Ittifoqini (KNVB) bugungi qabul qilgan qarori uchun sudga berish harakatida yuribdi, deya xabar bermoqda VTBL portali.
Niderlandiya Qirollik Futbol Ittifoqinining qabul qilgan qaroriga ko'ra, "Utrext" klubi evrokuboklarda ishtiroq etish huquqidan chetda qoldi va Evropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichiga "Villem II" klubi yo'l oldi. Qaror qabul qilinayotgan paytda "Utrext" "Villem II" klubidan uch ochko ortda qolayotgan edi, lekin bitta zahira o'yiniga ega edi. Bundan tashqari, "Utrext" Niderlandiya Kubogi finaliga ham yo'l olgandi va agar finalda g'alaba qozonadigan bo'lsa, Evropa Ligasining saralash bosqichiga yo'l olardi.
Oldinroq OAV orqali KNVB mamlakat Kubogi g'olibligini "Feyonoord" klubiga avtomatik ravishda berib yuborgani e'lon qilingan edi. Chunki, "Feyonoord" neytral maydon egasi sifatida aniqlangandi.
"Utrext" klubi yuristlari ushbu masalani hal qilish niyatida. KNVB fikriga ko'ra, bugungi qabul qilingan qarorlar UEFA ko'rsatmasiga mos keladi. "Utrext" klubi esa bu qarorlarning barchasidan norozi.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya Qirollik futbol Ittifoqi (KNVB) Erediviziya mavsumini muddatdan oldin yakunlashga qaror qildi. Mamlakatda joriy mavsum chempioni aniqlanmadi.