FIFA O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 500 ming dollar pul ajratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) koronavirus pandemiyasi paytida milliy assotsiatsiyalarni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlashga qaror qildi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, FIFA 211ta futbol federatsiyasiga umumiy miqdorda 150 million dollarga yaqin mablag'ni taqsimlab beradi. Tashkilotning har bir a'zosiga 500 ming dollar miqdorida pul ajratib beriladi. Bundan tashqari, FIFA boshqa loyihalar bo'yicha pullarni yaqin kunlarda o'tkazib berishga va'da berdi.
FIFAning bu yordami aslida iyul oyida berilishi kerak edi, ammo tashkilot to'lovlarni tezlashtirishga qaror qildi.
«Pandemiya futbol ommasi uchun mislsiz muammolarni yuzaga keltirdi. Bunday pallada FIFAning vazifasi — muhtojlarga yordam berish. Buning uchun biz barcha federatsiyalarga moliyaviy yordamni yuboramiz. Hozirda ularning ko'pchiligi jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan», — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.