Veri: «Yaqin yillar ichida Xoland buyuk klublarga yo'l oladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
Milanning «Inter» hamda Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kristian Veri Chiro Immobile va Andrea Belottilarning o'yinlariga baho berdi, shuningdek, "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning harakatlariga o'z munosabatini bildirdi.
«Chiro o'sishga erishdi va ko'plab gollar urishni boshladi. Lekin u hozir "Latsio" bilan birga oldinga qadam tashlashi kerak va men bu gapni uni tanqid qilish uchun gapirmayapman. Belotti kabi fazilatga ega bo'lgan futbolchilardan har mavsum 18-20 ta gol kutaman.
Xoland? U – eng kuchli hujumchi. «Borussiya» – uning uchun to'g'ri tanlov. Chunki bu klubda yosh futbolchilar yaxshi o'sadi. Yaqin yillar uchun ichida u katta klublarga 200 million evroga ko'chib o'tadi. Balki, 300 milliongadir», – dedi Veri Corriere della Sera bilan intervyusida.