Mourino Terrini yig'latganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333
Londonning «Chelsi» klubi sobiq sardori Jon Terri portugaliyalik murabbiyi Joze Mourino bilan birinchi marta xayyorlashish qanchalan og'ir bo'lganini xotirladi.
«Uning ketishi haqida mish-mishlar tarqalganida hammaning ko'ziga yosh keldi. O'sha paytdagi muhit yaxshi emasdi, ob-havoda ham keskinlik hukm surardi. Biz chempionatda eng kuchli o'yinimizni namoyish eta olmadik va tez orada Mourinoni ishdan olishlarini uning o'zi ham sezib yurgandi. To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'shanda uning ketishini eshitib yig'lagandim.
Voyaga etgan futbolchi jamoada nimalar ro'y berayotganini tushunmasdan ko'z-yosh to'kishni boshladilar. Biz rahbariyati qaroriga qandaydir tarzda ta'sir ko'rsatishga harakat qildik, lekin ularni hech kim ko'ndira olmadi. Jamoada ishlagan barcha murabbiylardan yaxshiroq murabbiylarimiz yo'q edi. Joze nihoyatda talabchan edi», — deya xotirlaydi Jon Terri.