Anchelottiga ikkita sobiq shogirdi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225
Karlo Anchelotti “Everton” rahbariyatidan “Napoli”ning ikki futbolchisi Allan va Irving Losano bilan shartnoma imzolashni so'ramoqda. Ikki futbolchi ham joriy mavsum asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi.
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis ikki futbolchining transferidan 80 million evro atrofida ishlab olmoqchi. “Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo futbolchilarning sotib yuborilishiga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Losano “Napoli”ga o'tgan yili PSVdan 38 million evroga ko'chib o'tgan edi. Futbolchi 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan. Allan esa rahbariyat gapiga quloq solmay, muxlilar bilan janjallashgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!