«Monpele» o'yinchisi koronavirus tufayli reanimatsiyaga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
Frantsiyaning «Monpele» klubi o'yinchilaridan biri koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"L’Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, bu futbolchi — Junior Sambia. 23 yoshli yarim himoyachining sog'lig'i yomonlashgani tufayli u reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limiga olindi.
«Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari bilan bog'liq muammolar tufayli o'yinchilarimizdan biri Monpeledagi shifoxonaga yotqizildi», — deyiladi «Monpele» tarqatgan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!