«Real» Verner uchun kurashishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209
Germaniyaning «Leyptsig» klubi hujumchisi Timo Verner Madridning «Real» klubini transfer bozoridagi asosiy maqsadiga aylandi deya xabar tarqatmoqda Goal.com portali.
Ta'kidlanishicha, "Liverpul" futbolchi uchun poygada peshqadamlik qilmoqda.
Avvalroq, Germaniya terma jamoasi hujumchisiga Kataloniyaning «Barselona» klubi ham qiziqish bildirayotganligi haqida ma'lumotlar tarqatilgandi.
24 yoshli Verner «Leyptsig» klubiga 2016 yilning yozida «Shtutgart» klubidan 14 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsum u 36 ta uchrashuvda 27 ta gol kiritish bilan bir qatorda, 12 ta golga hammualliflik ham qildi.
Hujumchining «buqalar» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyun kunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!