Materatstsi: «Ibrohimovich hech qachon buyuk futbolchi bo'lolmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Italiyaning «Inter» klubi sobiq himoyachisi Marko Materatstsi Zlatan Ibragimovichni buyuk futbolchilarning biri deb hisoblamasligini aytib o'tdi.
Marko Materatstsi karantin davrida o'z muxlislarining savollariga javob berishga qaror qildi. Undan "Milan" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan munosatalari haqida so'rashdi. Qad etish joizki, Materatstsi va Ibragimovichlar orasida biroz tushunmovchiliklar bo'lgan.
«Bilmadim, nima uchun unga yoqmasligimni. Menda u bilan muammo yo'q. U – ajoyib futbolchi, ajoyib futbolchilik faoliyatiga ega, lekin u elit darajasida emas. Men uni buyuk futbolchi deb hisoblamayman. Zlatan buyuk futbolchilar ro'yxatiga kirmaydi.
Bilaman, u mening javobimdan g'azablanadi, lekin men o'z fikrim qolaman. Uning chiroyli gollari, ayniqsa, Angliya terma jamoasi darvozasiga kiritgan mashhur goli uchun minnatdorman», — dedi Materatstsi.

Bosh sahifaga
186