Kuper va Masharipov ertaga savollarga javob beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6777
Xabaringiz bor, 21 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahrida Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Ertaga 20 yanvar kuni o'yinoldi matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Dastlab, mahalliy vaqt bilan soat 11:30da Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va terma jamoa futbolchisi jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi. Keyin soat 12:15da O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Shu kuni kechqurun soat 18:00da "Xalifa bin Zayd" stadionining 3-mashg'ulot maydonida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!