Rasman: Evro-2020 nomi o'zgarmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319

UEFA ijroqo'mi 2021 yilda bo'lib o'tadigan Evropa chempionati nomi o'zgarmaydigan bo'ldi. Musobaqa Evro-2020 sifatida qayd etiladigan bo'ldi.
«Evro-2020 musobaqasi 2021 yilning yoziga qoldirilgan bo'lsa-da, bir qator muhokamalardan so'ng turnirning nomi o'zgarmaydigan bo'ldi. Bu esa UEFAga Evropa chempionatlarining 60 yilligini (1960-2020) nishonlash kontseptsiyasi saqlab qolish imkonini beradi. Nomni saqlab qolish futbol oilasi sifatida qiyin vaziyatdan chiqib ketishda jipslashishimizni anglatadi.
Musobaqani ko'chirish haqidagi qaror qabul qilinmasdan avval UEFAning hamkorlari Evro-2020 brendi ostida ko'plab tovarlar ishlab chiqarishgan edi. Nomni o'zgartirish natijasida esa ushbu tovarlarni qaytadan ishlab chiqarishga to'g'ri kelar edi. Biz esa isrofning oldini oldik», — deyiladi UEFA rasmiy saytida tarqalgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionati 2021 yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar qit'aning 12ta shahrida o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
198