PSJ "Milan" futbolchisi uchun 50 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

PSJ klubi “Milan” himoyachisi Teo Ernandesga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar Ernandes uchun 50 million evro to'lashga tayyor. Yakuniy qaror futbolchining o'ziga bog'liq.
Eslatib o'tamiz, Ernandes “Real”dan “Milan”ga o'tgach ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Futbolchi 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193