Milliy chempinotlar bekor qilinsa, evrokuboklar yo'llanmalari qanday taqsimlanishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

UEFA ijroqo'mi bugun — 23 aprel, payshanba kuni videokonferentsiya o'tkazib, Evropa milliy assotsiatsiyalari bilan bilan birga bir nechta masalalarni muhokama qildi.
Tashkilot hamon milliy chempionatlarni yakunlash mumkinligiga hamda chempion jamoa va evrokuboklar ishtirokchilari halol kurashda aniqlanishiga ishonmoqda.
Ammo, agar chempionatlarni oxiriga etkazishning imkoni bo'lmasa, UEFA evrokuboklarning 2020/2021 yilgi mavsumi uchun yo'llanmalarni milliy chempionatlarning hozirgi — to'xtatilgan vaziyatdagi holatidan kelib chiqib taqdim etmoqchi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Avvalroq tarqatilgan — klublarning UEFA reytingidagi o'rnidan kelib chiqib evrokuboklar uchun yo'llanma taqdim etilishi mumkinligi haqidagi xabar noto'g'ri bo'lib chiqdi.

Bosh sahifaga
194