«Arsenal»ning 4 o'yinchisi jarimaga tortilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Londonning "Arsenal" klubining bir necha nafar o'yinchilari koronavirus pandemiyasi paytida joriy qilingan karantin qoidasini buzishdi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, Granit Jaka, Aleksandr Lyakazett, David Luiz va Nikolya Pepe ushbu haftadan ijtimoiy masofalanish qoidasiga amalga qilishmagan.
Internetda tarqalgan suratda: Pepe Shimoliy Londondagi ko'chalarning birida do'stlari bilan futbol o'ynagan bo'lsa, Jaka va Luiz poytaxt bo'ylab sayr qilishgan, Lyakazett shahar xizmat xodimlari bilan yonma-yn turgani kameraga tushib qolgan.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati ushbu o'yinchilarga albatta ogohlantirish beradi. Ularga nisbatan moliyaviy jarima qo'llanilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164