Frantsiyada sport tadbirlar sentyabrgacha boshlanmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234
Frantsiya sport vaziri Roksana Marachinyanu mamlakatda sport musobaqalarini o'tkazilishiga qachon ruxsat berilishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Albatta, iyun oyi o'rtasida boshlash — eng optimal variant bo'lardi, ammo inobatga olish kerak bo'lgan boshqa jihatlar ham bor. Shuningdek, sentyabr oyigacha turnirlar o'tkazilmasligi mumkin», — dedi Marachinyanu "L’Equipe" gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, vazir Frantsiya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsumi muddatidan oldin yakunlanish ehtimoli ham borligini ham ma'lum qildi.
Avvalroq Frantsiya professional futbol ligasi chempionatni 17 iyun kuni qayta boshlashni rejalashtirayotgani haqida ma'lumot tarqatgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!