Nasri o'zining yo'qolib qolganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

Bundan bir necha kun avval DHnet.be nashri "Anderlext" yarim himoyachisi Samir Nasri yo'qolib qolgani haqida ma'lumot tarqatgan edi. Chunki, u jamoaning mashg'ulotiga etib kelmagan edi.
Ammo frantsiyalik futbolchi 20 aprel kuni Instagram orqali aloqaga chiqib, vaziyatga tushuntirish berib o'tdi.
"Ko'pgina OAVda mening yo'qolib qolganim haqidagi xabarlarni o'qidim. Bu qo'pol hazil. Men shu erdaman, ahvolim yaxshi. Men har kuni "Andrelext" shifokorlari va Vensan Kompani bilan gaplashib turibman.
Men o'yinlar qachon boshlanishi haqidagi xabarni, pley-offda o'ynaymizmi yoki yo'qmi - shuni kutyapman. Men haqida bo'lar-bo'lmas xabarlarni tarqatishni bas qiling", - dedi Samir.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282